Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Paxtakor" va "Neftchi" Osiyo gigantlariga qarshi — qur’a natijalari ma’lum

"Paxtakor" va "Neftchi" Osiyo gigantlariga qarshi — qur’a natijalari ma’lum

OFK Chempionlar ligasi Elita musobaqasining 2026/27 yilgi mavsumi liga bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston sharafini "Paxtakor" va "Neftchi" himoya qiladi. Qur’a 18 avgust kuni Kuala-Lumpurda o‘tkazildi.

"Paxtakor" Toshkentda qabul qiladi:

  • "Istiqlol" (Eron)
  • "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
  • "Al-Qodisiya" (Saudiya Arabistoni)
  • "Traktor" (Eron)

Safarda:

  • "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni)
  • "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni)
  • "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
  • "Eyr Fors" (Iroq)

"Neftchi" Farg‘onada qabul qiladi:

  • "Al-Hilol"
  • "Al-Ahli"
  • "Eyr Fors"
  • "Al-Ittihod"

Safarda:

  • "An-Nasr"
  • "Istiqlol"
  • "Traktor"
  • "Al-Qodisiya"

"Paxtakor" liga bosqichiga pley-offda Iordaniyaning "Al-Hussayn" klubini 3:0 hisobida mag‘lub etib yo‘llanma olgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston klublarini Osiyoning eng kuchli jamoalariga qarshi qiziqarli bahslar kutib turibdi. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan "Al Nassr"ning Toshkentga tashrifi katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

Kiritildi: 14:01 18.08.2026. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!