Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 8-tur o‘yinlari yakunlandi va pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi aniqlandi.
Unga ko‘ra, Elit Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finalida “Paxtakor” – “Al-Hilol” (S.Arabistoni), “Al Rayyan” (Qatar) – “Al-Ahli” (S.Arabistoni), “Istiqlol” (Eron) – “Al-Nasr” (S.Arabistoni), “Al-Vasl” (BAA) – “Al-Sadd” (Qatar) klublari o‘zaro raqobatlashadi.
Ma’lumot o‘rnida: OFK belgilagan musobaqa reglamentiga ko‘ra, pley-off bosqichidagi ilk o‘yin jadvalda pastroq o‘rinni egallagan jamoa maydonida o‘tadi. Aniqrog‘i, “Paxtakor“ ushbu bosqichdagi birinchi uchrashuvni o‘z uyida o‘tkazadi. Uchrashuvlar 3-4 mart kuniga belgilangan.