Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al-Hilol" yulduzi yurak bilan bog‘liq muammolar sabab kasalxonaga yotqizildi

"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Al-Hilol" yulduzi yurak bilan bog‘liq muammolar sabab kasalxonaga yotqizildi

"Al-Hilol" hujumchisi Aleksandr Mitrovich yakshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoni kasalxonasiga yotqizildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

30 yoshli serbiyalik futbolchining shifoxonaga yotqizilishiga yurak urishining tezlashishi sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, davolovchi shifokor futbolchiga to‘liq dam olishni tavsiya qilgan.

Mitrovich tizza osti payidan olgan jarohatidan so‘ng yaqinda safga qaytgandi.

Serbiyalik "Al-Hilol" safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda u Saudiya Arabistoni jamoasi safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Chorshanba kuni riyodliklar Elit OCHL nimchorak finali javob o‘yinida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:32 09.03.2025. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!