Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Paxtachilik kengashi to‘rtta viloyatda chigit ekish ishlari monitoringini o‘tkazdi

Paxtachilik kengashi to‘rtta viloyatda chigit ekish ishlari monitoringini o‘tkazdi

Joriy yilning 24-25 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxtachilik kengashi va 13 ta tuman ishchi guruhlari a’zolari ishtirokida dalalarga chigit ekish holatini o‘rganish maqsadida qator ob’ektlarni ko‘zdan kechirdilar. Paxtachilik kengashi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani, Samarqand viloyatining Narpay tumani hamda Navoiy viloyatining Navbahor tumaniga borib, monitoring o‘tkazdi.

Paxtachilik kengashi to‘rtta viloyatda chigit ekish ishlari monitoringini o‘tkazdi

Ta’kidlash joizki, Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi hosildor va ertapishar g‘o‘za navlarini respublikamiz hududlari kesimida ko‘paytirish va ekishni har bir klaster bo‘yicha belgilab beradi, iqlim va harorat o‘zgarishlariga mos bo‘lgan o‘g‘itlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbisid va pestisidlar qo‘llashni tartibga soladi, zararli hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi.

Kengash va ishchi guruhi a’zolari dastavval Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi «TST agro cluster” MCHJga qarashli Ketmontepa paxta qabul qilish punkti hududida joylashgan urug‘lik chigitlarni tuksizlantirish va dorilash sexida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Urug‘lik materiali tayyorlash, chigitlarni dorilash holati, dala maydonlariga yetkazib berish tartibi o‘rganildi. Bunda urug‘lik sexida 5 ta paxta naviga ishlov berilayotgani tanqid qilinib, jarayonni urug‘lik chigiti qayta ishlashning standart talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bevosita dalalarga ekishga tayyorlab qo‘yilgan chigitlar o‘rganilganida, ular tarkibida sifatsiz urug‘lar mavjudligi, urug‘ materialining hajmi turlicha ekani aniqlandi va sifatsiz chigitlarni olib tashlash hamda sifatli chigitlarni ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Paxtachilik kengashi to‘rtta viloyatda chigit ekish ishlari monitoringini o‘tkazdi

Klaster paxta dalalarining joriy holati va ayni paytda chigit ekilayotgan paxta maydonlari ham o‘rganildi. Xususan, namunaviy maydon sifatida alohida tanlab olingan konturda yuqori hosildorlikni ta’minlashga oid ko‘rilayotgan agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng ishchi guruh Sirdaryo viloyatining 40 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan «Poly Tex Sirdayo» klasteri faoliyati bilan tanishdi. Klasterlar va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun qishloq xo‘jalik ekinlari hamda hosildor, turli kasalliklarga va qurg‘oqchilikka chidamli sara navlardan urug‘liklar tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalasidir. 2022 yilning may oyida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan yangi navlar urug‘chiligini tashkil etish va paxta-to‘qimachilik klasteriga joriy qilishga qaratilgan loyiha bugunga kunda o‘z samarasini berib, urug‘ qayta ishlovchi zamonaviy korxona o‘z faoliyatini olib bormoqda.

25 mart kuni esa Paxtachilik kengashi tomonidan Samarqand viloyatining Narpay hamda Navoiy viloyatining Navbahor tumanlarida sayyor yig‘ilish tashkil etildi. Unda, Paxtachilik kengashi a’zolari Narpay tumanidagi «Maroqand sifat» hamda Navbahor tumanidagi «Navbahor tekstil» paxta-to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurib, u yerdagi jamg‘arilgan urug‘lik chigitni ekinga tayyorlashda Kengash tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida amalga oshirilishi hamda chigit ekish ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi, jumladan mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Paxtachilik kengashi to‘rtta viloyatda chigit ekish ishlari monitoringini o‘tkazdi

Kengash a’zolari va uning ushbu hududlardagi ishchi guruh a’zolari chigit ekilayotgan paxta maydonlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. Paxta ekiladigan maydonlar chetlaridan unumli foydalanish maqsadida tut, uzum ko‘chatlari, zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bilan birga qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan moychechak, sarimsoqpiyoz, qovoq hamda boshqa ekinlarni ekish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Paxtachilik kengashining yangi tizim joriy etiladigan mazkur tumanlaridagi biolaboratoriyalar faoliyati bilan tanishilib, ularni bugungi kun talabiga muvofiq qayta qurish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 13:14 27.03.2023. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!