Samarqand shahrida 2007 yilda tug‘ilgan shaxs skuterda avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotganida, unga oldindan tanish bo‘lmagan yigitlar otasi boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinada ketayotgan vaqtida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Mazkur janjal davomida 3 nafar, 20, 17 va 13 yoshli aka-ukalar skuter haydovchisini urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.