Bu haqda "Demokratlar” fraksiyasi a’zosi Yair Golan fikr bildirdi.
"Amerikaliklar Saudiya Arabistoni bilan kelishuvni ilgari surmoqda, Eron bilan kelishuvni ilgari surmoqda, “Ming yillik kelishuvi” deb ataluvchi yangi mintaqaviy tuzilmani ilgari surmoqda. Ammo amerikaliklar Netanyahu va Isroilni e’tibordan chetda qoldirishmoqda. Netanyahu barcha mintaqaviy tashabbuslarni barbod qilganidan so‘ng, AQSh yolg‘iz harakat qilishga qaror qildi. Prezident Tramp, ilgari Netanyahu o‘zining siyosiy omon qolishi uchun strategik sherik deb hisoblagan inson, bugun tushunmoqdaki, Netanyahu endi foydali emas, balki yuk. U boshqa darajadagi lider emas, balki jinoyat va xavfsizlik bilan bog‘liq tergovlardan, ular orasida eng muhimi — "Qatargate" bo‘yicha surishtiruvlardan qochayotgan shaxs, shaxsiy va xorijiy manfaatlarni xavfsizlik masalalari bilan aralashtirayotgan, mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarayotgan zaif bosh vazirdir.
Isroil manfaatlari Netanyahu tufayli sotib yuborildi. U bizni hatto eng sionistik va do‘stona bo‘lgan Amerika ma’muriyatlaridan ham ajratib qo‘ydi. Biz uni almashtirishimiz va ular vayron qilgan hamma narsani tiklashimiz kerak".
Avvalroq, Tramp Yaqin Sharq safari doirasida Falastin, Livan va Suriya yetakchilari bilan ham uchrashishi haqida xabar bergan edik. Netanyaxu chetlatilgan uchrashuv katta sammitga aylanib bormoqda, unda Salmon Trampga Falastin davlati haqidagi taklifini taqdim etadi.