Polsha poytaxtidagi Marywilska savdo markazidagi yong‘in 2024 yil 12 may kuni sodir bo‘lgan edi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, biroq barcha do‘konlar butunlay yonib ketgandi.
Polsha bosh vaziri Donald Tuskning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, yong‘in bo‘yicha aybdorlarning bir qismi qo‘lga olingan, qolganlarining shaxsi aniqlangan va qidiruvda.
"Mazkur jinoyat Rossiya Federasiyasida yashashi aniqlangan shaxs tomonidan uyushtirilgan va boshqarilgan", deyiladi mamlakat adliya vaziri Adam Bodnar va Ichki ishlar vaziri Tomash Semonyakning qo‘shma bayonotida.
Polsha maxsus xizmatlari tergov jarayonida Litva bilan hamkorlik qilgan, chunki Varshava ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarning bir qismi ushbu mamlakatda “chalg‘ituvchi harakatlar” bilan shug‘ullangan.
Rossiya tomoni hozircha Polsha maxsus xizmatlarining bu xulosalariga izoh bermadi.