Fransiya prezidenti ma’muriyati Makronning Kiyevga ketayotgan poyezddagi videosiga izoh berdi
Elisey saroyining ma’lum qilishicha, prezident Emmanuyel Makron stol ustidan oddiy qog‘oz salfetkani olib qo‘ygan. Shu bilan birga, giyohvand modda haqidagi taxminlarni esa "Fransiya dushmanlari tomonidan tarqatilayotgan soxta yangiliklar" deb atadi.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Makronni giyohvand moddalar iste’mol qilishda ayblagan edi.
Unda oq paketga o‘xshash buyum aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va unda nima bo‘lgani borasida turli taxminlar paydo bo‘ldi.