Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportasiya qilingan. Uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportasiya qilishmoqchi bo‘lishgan, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirnega jo‘natilgan.
«Edirnedagi Migrasiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik shanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab o‘tilgan va noqonuniy tarzda O‘zbekistonga topshirilgan», deyiladi turkiyalik advokat Ibrohim Erginning bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Tursunov Jinoyat kodeksining 2442- (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgani haqida ma’lum qilingandi, ammo keyin shaxsga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi axborot IIV ma’lumotlar bazasiga kiritish jarayonida Jinoyat kodeksining 2442-moddasi sifatida yozilgan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani aytilgandi.