Bugun Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi YU. E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda Kengash xulosasi bilan YU. E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Faqat qayd etiladiki, ijtimoiy tarmoqlarlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar bo‘rttirilgan bo‘lib, barcha holatlarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.