Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish choralarini muhokama qilishdi.
Bu haqda Armaniston Bosh vaziri devoni ma’lumot tarqatdi.
Tomonlar Armaniston-O‘zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki tomonlama kun tartibiga oid masalalarni muhokama qilishdi.
Pashinyan va Mirziyoyev savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, ular mintaqaviy jarayonlar, jumladan, [Janubiy Kavkazda] aloqalarni blokirovka qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar, deyiladi xabarda.