Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi
BMT mashhur Merkator proyeksiyasidan voz kechishga qaror qildi Ushbu proyeksiya XVI asrda tuzilgan bo‘lib, hozirgacha darslik va turli xizmatlarda qo‘llanib kelinadi. Uning asosiy muammosi shundaki, mamlakat ekvatordan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u haqiqiy o‘lchamidan shunchalik kattaroq ko‘rinadi. Masalan, odatiy xaritada Grenlandiya deyarli Afrika bilan tengday ko‘rinadi. Lekin, Afrika undan taxminan 14 barobar katta. Bu o‘zgarish tashabbuskorlari aynan Afrika mamlakatlari bo‘ldi — ularning fikricha, eski xarita qit’a hajmi haqidagi tasavvurni jiddiy buzib ko‘rsatadi. Yangi xaritalar yaqin yillar ichida paydo bo‘la boshlaydi.
Kiritildi: 18:55 07.09.2026. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!