Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ta’ziya! Ekopolisiya xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi

Ta’ziya! Ekopolisiya xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9 sentyabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentyabr kuni inspektorning jasadi topildi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Mirzo Botirovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. Uning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan vafotidan so‘ng taqdirlanadi.

Mirzo Botirovning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi.

Kiritildi: 17:56 10.09.2026. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!