Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina Ozarbayjon tajribasini o‘rganadi

Ukraina Ozarbayjon tajribasini o‘rganadi

Ukraina Ozarbayjon tajribasini o‘rganadi: shaharlar minadan tozlanadi.

Ukraina shahar hududlarini gumanitar minadan tozalash va zararsizlantirilgan maydonlarni qayta tiklashga tayyorlash bo‘yicha Ozarbayjon tajribasini o‘rganishdan manfaatdor. Bu haqda Ukraina Iqtisodiyot va atrof-muhit vazirligi ma’lum qildi.

Ukraina vazirligi va Ozarbayjon Minadan tozalash agentligi (ANAMA) vakillari qo‘shma loyihalarni kengaytirish hamda amaliy tajriba almashish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv 2–3 sentyabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro minadan tozalash konferensiyasi doirasida tashkil etilgan.

Ukraina tomoni, shuningdek, ANAMAni UMAC 2026 minadan tozalash konferensiyasida ishtirok etishga taklif qildi. Tadbir noyabr oyining o‘rtasida Bryusselda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ukraina uchun bu tajriba ayniqsa muhim, chunki urush oqibatida mamlakatning katta hududlari mina va boshqa portlovchi qurilmalardan zararlangan. Minadan tozalash ishlari tugagan hududlarni xavfsiz ravishda tiklash esa qayta qurilishning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 22:55 10.09.2026. O'qildi: 1302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!