Birja savdolarida Brent markali neftning bir barreli allaqachon 105 dollardan qimmatroqqa savdo qilinmoqda.
Bob al-Mandeb tor dengiz bo‘g‘ozi bo‘lib, u Qizil dengizni Adan qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi. Bu yo‘l orqali Saudiya Arabistoni nefti va jahon yuk tashish hajmining katta qismi o‘tadi. Bob al-Mandeb Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan keyin dunyodagi eng muhim ikkinchi energiya yo‘lagi hisoblanadi. Shuningdek, dunyodagi barcha konteyner tashuvlarining qariyb 30 foizi Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi hissasiga to‘g‘ri keladi.