Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

«Uy — ish — uy»: Rossiya mehnat migrantlarini jalb qilishning yangi tartibini joriy etmoqchi

«Uy — ish — uy»: Rossiya mehnat migrantlarini jalb qilishning yangi tartibini joriy etmoqchi

Rossiya hukumati mehnat migrantlarini maqsadli va uyushgan tarzda jalb qilish bo‘yicha yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Kikot prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yangi tizimga ko‘ra, ish beruvchilar xorijlik ishchilarga bo‘lgan ehtiyojini bildirib, ariza topshiradi. Maxsus operator esa nomzodlarni tanlaydi, ularni Rossiyaga olib keladi va zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.

Yirik va o‘rta kompaniyalar migrantlarni turar joy va transport bilan ta’minlashi shart bo‘ladi. Kikotning fikricha, migrantlarning «uy — ish — uy» tamoyili asosida harakatlanishi noqonuniy migrasiyaning oldini olishga yordam beradi.

Yangi tizimga o‘tishni har biri ikki yildan davom etadigan uch bosqichda amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan Rossiyada ishlayotgan xorijlik fuqarolardan ishlamaydigan har bir oila a’zosi uchun alohida soliq joriy etish rejalashtirilmoqda.

Hozir Rossiyada 6–6,5 million nafar xorijlik fuqaro bor. Ularning qariyb 3 millioni ishlash maqsadida mamlakatga kelgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yarim yilda migrasiya jarayonlaridan tushumlar 30 foizga oshib, 321 milliard rublga yetgan.

Shu bilan birga, 2026 yilning birinchi yarmida xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 40 foizga kamayib, 14,5 mingtani tashkil etgan. Biroq aniqlangan uyushgan jinoiy guruhlar soni 30 foizga oshgan.

Kiritildi: 22:45 10.09.2026. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!