Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan saylovoldi chiqishi vaqtida, agar 300 mingdan 500 minggacha fuqaro unga qarshi chiqsa, lavozimini tark etishga tayyorligini bildirdi.
“Xalq men ketishim kerak deb qaror qilsa, men darhol, jim va tinch yo‘l bilan, hech qanday muzokaralarsiz ketaman”, dedi Pashinyan.
Uning ta’kidlashicha, agar “Nikol ketishi kerak” degan talabni 50 foiz + 1 ovoz qo‘llab-quvvatlasa, u hokimiyatda qolmasligini aytgan.
Bayonot Pashinyanning saylovoldi tadbiri vaqtida, ishtirokchilardan biri undan bosh vazirlikdan ketishni talab qilganidan so‘ng yangradi.
Armanistonda navbatdagi parlament saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda 17 ta partiya va ikki partiya bloki ishtirok etadi. Ular orasida Pashinyan rahbarligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi, sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi “Hayastan” bloki ham bor.