Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Parijda yangi namoyishlar oldidan do‘konlar himoyaga tayyorlanmoqda

Parijda yangi namoyishlar oldidan do‘konlar himoyaga tayyorlanmoqda

Fransiya poytaxti Parijda 24 oktyabr kuni rejalashtirilgan navbatdagi norozilik namoyishlari oldidan ayrim savdo nuqtalarida ehtiyot choralari ko‘rilmoqda.

Ruptly agentligi tarqatgan kadrlarda shahardagi do‘konlar vitrinalari yog‘och taxtalar bilan qoplanayotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ayrim tadbirkorlar avvalgi namoyishlar paytida kuzatilgan talonchilik va zo‘ravonlik holatlari takrorlanishidan xavotirlanmoqda.

Shu sabab do‘kon egalari o‘z mulkini ehtimoliy zararlardan himoya qilish maqsadida binolar oldiga maxsus to‘siqlar o‘rnatishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr, shanba kuni Parijda talabalar ishtirokida navbatdagi norozilik aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:16. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!