Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Parijda "otishma": "PSJ" "Bavariya"ni yengdi (video)

Parijda "otishma": "PSJ" "Bavariya"ni yengdi (video)

«PSJ» Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida «Bavariya» ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limning o‘zida jamoalar beshta gol urishdi va bu turnir yarim finallari tarixidagi ilk voqea sifatida qayd etildi.

Parijliklar safida Xvicha Kvarasxeliya va Usmon Dembele dubl qayd etishdi (Dembele gollaridan birini penaltidan urdi). Maydon egalarining yana bir goliga Joau Nevesh mualliflik qildi. Myunxenliklar tarkibida esa Xarri Keyn (penaltidan), Maykl Olise, Dayo Upamekano va Luis Dias o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda «Atletiko» — «Arsenal» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

«PSJ» (Fransiya) — «BAVARIYa» (Germaniya) — 5:4

Gollar: Harri Keyn 17-pen (0:1), Xvicha Kvarasxeliya 24 (1:1), Joau Nevesh 33 (2:1), Maykl Olise 41 (2:2), Usmon Dembele 45+5-pen (3:2), Xvicha Kvarasxeliya 56 (4:2), Usmon Dembele 58 (5:2), Dayo Upamekano 65 (5:3), Braim Dias 68 (5:4).

«PSJ»: Safonov, Markinyos, Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 84), Xakimi, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri (Fabian Ruis, 64), Kvarasxeliya (Mayulu, 84), Dezire Due (Barkolya, 70), Dembele.

«Bavariya»: Noyer, Upamekano, Jonatan Ta, Deyvis (Laymer, 46), Stanishich, Kimmix, Pavlovich (Djekson, 90+3), Musiala (Goreska, 79), Braim Dias, Olise, Harri Keyn.

Ogohlantirishlar: Markinyos (12), Fabian Ruis (77), Xakimi (80).

Kiritildi: Bugun 06:13. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!