Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Parijda 500 ta ko‘chani piyodalar uchun mo‘ljallangan hududga aylantirish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Parijda 500 ta ko‘chani piyodalar uchun mo‘ljallangan hududga aylantirish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Bu haqida Reuters xabar bermoqda.

Fransiya poytaxtida avtomobil harakatini cheklash va havo sifatini yaxshilash maqsadida 500 ta ko‘chani piyodalar uchun ajratish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Bu Parijda so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan uchinchi shunday referendum bo‘lib, unda ilk bor 16 va 17 yoshli fuqarolar ham ishtirok etish huquqiga ega.

Reuters agentligining xabar berishicha, agar referendum natijalari ijobiy bo‘lsa, shahar taxminan 10 000 ta avtoturargoh o‘rnidan mahrum bo‘ladi. Qaysi ko‘chalar piyodalar uchun mo‘ljallangan hududga aylantirilishi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 22:01 23.03.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!