Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Parij yaqinida ushbu yozning eng yirik o‘rmon yong‘inlaridan biri kelib chiqdi

Parij yaqinida ushbu yozning eng yirik o‘rmon yong‘inlaridan biri kelib chiqdi



Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, olov Fransiya poytaxtidan 70 km janubda joylashgan mashhur Fontenblo o‘rmonining qariyb 800 gektar maydonini qamrab olgan. Jazirama, qurg‘oqchilik va kuchli shamol tufayli alanga qarag‘ayzorlar bo‘ylab tez tarqalib ketgan.

Yong‘inni o‘chirishga 400 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi, o‘nlab texnika va ikkita samolyot jalb qilingan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktlari uchun xavf yo‘q.

Kiritildi: 19:55 13.07.2026. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!