Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Para taekvondo: jahon chemionatida O‘zbekiston vakillari 8 medal bilan birinchi o‘rinni zabt etdi

Para taekvondo: jahon chemionatida O‘zbekiston vakillari 8 medal bilan birinchi o‘rinni zabt etdi

Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida jahon para taekvondo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida uch nafar vakilimiz chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida - 80 kg vazn toifasida Qudrat Muhammadiyev, + 80 kg vazn toifasida Asad Anvarov, ayollar o‘rtasida + 65 kg vazn toifasida Guljanoy Naimovalarga teng keladigan raqib topilmadi.

Shu tariqa dunyoning yetakchi para taekvondochilari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 06:33 23.08.2023. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!