Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Developerlarga yangi massivlar hududining 10-15 foizini noturar toifaga o‘tkazishga ruxsat berildi. Ular bu mulkni sotishdan, savdo va servis tarmoqlari esa ijaraga yoki lizingga olishdan manfaatdor. Lekin ularni bir-biriga bog‘lovchi tizim yo‘q.
Bu borada banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.
Bu orqali 50 ming kvadrat metrli noturar joylar muomalaga kiradi, byudjetga 70 milliard so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratiladi. Eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan kamida 15-20 foiz arzon bo‘ladi.
Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.