Ostona va Samarqand o‘rtasida Turkistonda to‘xtab o‘tadigan yangi parvoz yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
Samolyot haftada ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari parvoz qiladi. Turkistonda to‘xtash vaqti 40 daqiqa bo‘ladi, shundan so‘ng yo‘lovchilar xuddi shu samolyotda Samarqandga uchib ketishadi.
Ostona xalqaro aeroportida yangi yo‘nalishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.