Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ostona shahri xalqaro aeroportida mazkur yo‘nalishning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat rasmiy va biznes vakillari va xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Yangi reys Turkiston shahri orqali amalga oshiriladi va yo‘lovchilar uchun qulay tranzit hamda ziyoratchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur qatnovning yo‘lga qo‘yilishi bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni 44 taga yetdi.

Havo qatnovlari haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari De Havilland Dash 8-Q400 samolyotida amalga oshiriladi. Turkiston shahridagi tranzit bekati taxminan 40 daqiqa davom etadi, shundan so‘ng yo‘lovchilar aynan shu samolyotda Samarqandga uchib ketadilar.

QAZAQ AIR aviakompaniyasi kengash raisi Endryu Koenning ta’kidlashicha, ushbu yangi yo‘nalish mintaqaviy turizm va madaniy aloqalarning rivojiga sezilarli hissa qo‘shadi. Mazkur parvozlar orqali Qozog‘iston va O‘zbekistonning ikki buyuk madaniy markazi havo yo‘li bilan bog‘lanib, qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvi yanada faollashadi.

2024 yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 2,8 million kishini tashkil etdi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 3 million kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Aviaqatnovlar, shuningdek, Qozog‘istonning tarixiy Turkiston va Buyuk ipak yo‘lining gavhari sanalgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini bog‘lash hisobiga ziyorat turizm ko‘rsatkichlarini keskin oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 17:47 09.05.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!