Butun mamlakat bo‘ylab ertalabdan shifoxonalarda navbatlar kuzatilmoqda: gripp mavsumi avjida, ko‘pchilik bolalar kasal, lekin oddiy parasetamol va nimesil endi faqat elektron resept orqali sotiladi.
Shifokorlar «Elektron resept» tizimida ro‘yxatdan o‘ta olmayotganliklarini bildiradi — reseptlarni rasmiylashtirish sekinlashmoqda, bemorlar soatlar davomida qabulni kutmoqda.
⚠️ Parasetamol, ibuprofen, nimesil va boshqa ko‘plab og‘riq qoldiruvchi dorilar faqat DMED orqali raqamli buyurtma asosida beriladi.
Hozirda poliklinikalarga yuklama keskin oshdi, yangi tizimga o‘tish esa muammolar bilan kechmoqda.