Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Ukraina masalalarning 90 foizini kelishib oldimi?

Rossiya va Ukraina masalalarning 90 foizini kelishib oldimi?

Berlindagi so‘nggi muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bahsli masalalarning 90 foizi hal qilindi. Muhokamalarda birinchi navbatda xavfsizlik kafolatlariga e’tibor qaratildi.

Bu haqda SkyNews AQSh rasmiy vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga NATO Nizomining 5-moddasiga muvofiq kafolatlar berish mumkin, unda alyansning bir a’zosiga hujum barchaga hujum deb hisoblanadi. Shuningdek, AQSh tomoni hududiy nizolarni hal etishda erishilgan yutuqlar haqida xabar berdi.

Bundan tashqari, manbaga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqishga tayyor va AQSh nazarida tinchlik shartnomasi rejasiga kiritilgan kafolatlarni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:45 16.12.2025. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!