Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniya 2022 yil fevralidan beri Ukrainaga harbiy yordam uchun 40 milliard yevro va fuqarolik yordamiga qo‘shimcha 36 milliard yevro sarflaganini ma’lum qildi.
Mers bu haqda Berlindagi Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
"Biz Ukrainaga 2022 yil fevralidan beri taxminan 40 milliard yevro harbiy yordam berdik. Shuningdek, biz qo‘shimcha 36 milliard yevro fuqarolik yordamini taqdim etdik. 2026 yilda esa harbiy yordam uchun qo‘shimcha 11 milliard yevro ajratamiz", - dedi Mers.
Forumda u Ukrainani energiya bilan ta’minlash uchun zudlik bilan 170 million yevro ajratilishini ham e’lon qildi.
Forumda avvalroq Iqtisodiyot vaziri Ketrin Rayx Germaniya hukumati Ukrainaga umumiy qiymati 45 million yevro bo‘lgan xususiy sarmoyalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini ishga tushirishini ma’lum qilgan edi.