777 raqamlari ko‘pchilik uchun omad timsoli hisoblanadi. Biroq, “ismi jismiga” har doim ham mos kelavermas ekan.
Shunday fuqarolarimizdan birining 777 raqamli oq avtomashinasi soliq qarzdorligi sabab xatlandi.
Farg‘ona shahrida yashovchi S.T. moddiy farovonlikka ishora sifatida avtomashinasiga 777 davlat raqamini o‘rnatgan. Ammo, afsuski, bu safar omad unga kulmadi — soliqdan bo‘lgan qarzdorliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmadi.
Natijada, Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan Farg‘ona shahri hududida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida Davlat soliq qo‘mitasi foydasiga juda katta qarzdorligi mavjud bo‘lgan, qidiruvda turgan mazkur avtotransport vositasi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorlik evaziga jarima maydoniga joylashtirildi.