Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oston O‘runov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Oston O‘runov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport Tazan nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Beshiktosh” klubi o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va hozirda uning atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Agar Ostonda jarohatlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, turk klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun rasmiy taklif yuborishi mumkin.

Biroq, bu transferning oldidagi asosiy to‘siq Tehron klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal bo‘lishi mumkin, chunki “Fenerbahche” sobiq ustozi O‘runovning o‘yin uslubini yuqori baholaydi va uni tarkibda saqlab qolishdan manfaatdor.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 21 yanvar kuni Eron chempionati doirasidagi “Zobahan”ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Uchrashuvdan keyingi tekshiruvda O‘runovning jarohati ancha jiddiyligi va u kamida 5 haftani o‘tkazib yuborishi aytilgandi. Futbolchi jarohatdan tiklana olmadi va O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi Qirg‘iziston va Eronga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 23:21 31.03.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!