Osiyo qit’asidan bo‘lgan eng qimmat markaziy himoyachilar reytingi yangilandi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ushbu pozisiyada qit’aning eng qimmat futbolchisi "Manchester Siti" a’zosi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Uning narxi 35 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda esa koreyalik Kim Min Jae 25 million yevro bilan turibdi. Kuchli uchlikka Xiroki Ito (18 mln yevro) kiradi. Quyida ro‘yxat bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Osiyodagi eng qimmat markaziy himoyachilar (25 dekabr, 2025 holatiga ko‘ra):
1. Abduqodir Husanov — 35 million yevro
2. Kim Min Jae — 25 million yevro
3. Xiroki Ito — 18 million yevro
4. Jey Idzes — 10 million yevro
5. Suyoshi Vatanabe — 10 million yevro