Futbol bo‘yicha 17 yoshlilar o‘rtasida Osiyo Kubogi doirasidagi 3-tur uchrashuvlari 9 aprel, chorshanba kuni o‘tkazildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa musobaqa mezbonlari darvozasi tomon penalti belgilandi. Ushbu vaziyatni Jamshidbek Rustamov aniq ijro etib, hisobni ochdi.
Oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas Asilbek Aliyev hisobni ikkitaga oshirdi. 70-daqiqaga kelib esa Jamshidbek Rustamov dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik yoshlar ushbu g‘alaba bilan Osiyo chempionati “A” guruhida 9 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.
U-17 Osiyo chempionati
3-tur
9 aprel, chorshanba
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 0:3
Gollar: 0:1 — 57, Jamshidbek Rustamov, 0:2 — 63, Asilbek Aliyev, 0:3 — 70, Jamshidbek Rustamov.