Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. Bugun "C" guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
Futzalchilarimiz so‘nggi tur doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00'da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Nodir Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoa "C" guruhida 4 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Bugungi raqibimiz bo‘lgan Yaponiya esa 6 ochko bilan guruh peshqadami hisoblanadi.