Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Osiyo Kubogi-2031 mezbonligi uchun O‘zbekistonga yangi raqobatchi paydo bo‘ldi

Osiyo Kubogi-2031 mezbonligi uchun O‘zbekistonga yangi raqobatchi paydo bo‘ldi

Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari turnirni qabul qilish uchun qo‘shma ariza topshirgandi.

Osiyo futbol konfederasiyasi 2031 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun nomzodlarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Hindiston futbol federasiyasi ham turnir mezbonligi uchun ariza topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, qit’aning eng nufuzli turnirini qabul qilish uchun Indoneziya, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstraliya hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi qo‘shma nomzodlari tomonidan taklif yuborilgan.

Osiyo futbol konfederasiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo‘mitasining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo futbol konfederasiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya baholadi.

"Kelib tushgan rekord darajadagi arizalar — bu turnirning nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. OFK Ijroiya qo‘mitasi nomidan barcha a’zo assosiasiyalarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman", – dedi OFK prezidenti.

Endilikda OFK nomzod assosiasiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi.

Kiritildi: 11:34 11.04.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!