Bugun 6 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

“Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-130-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yildan har 18 oyda – bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti o‘tkazib boriladi.

Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uyg‘un holda 2025 yil 4–6 aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etiladi.

Orolbo‘yida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish Sammitning asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzildi.

Ma’lumot uchun: BMTning 2023 yil 22–24 mart kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan suv resurslariga bag‘ishlangan konferensiyasida O‘zbekiston tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan.

Kiritildi: 12:44 31.03.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!