Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi sammiti boshida uni Moskva manfaatlari yo‘lida harakat qilayapti, degan gumonlarni rad etdi:
«Men faqat tinchlik uchun ishlayapman», — dedi u.
Orban Yevropa Ittifoqida Kreml rahbari Vladimir Putin bilan muntazam uchrashib turadigan yagona lider bo‘lib qolmoqda. So‘nggi paytlarda u Ukrainaga qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatishga keskin qarshi chiqmoqda va ayniqsa Yevrokomissiya taklif qilayotgan muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish rejasiga qarshi. Orbanning fikricha, agar Yevropa Ittifoqi «kimningdir pulini tortib olsa», u holda urushdagi tomonlardan biriga aylanib qoladi.