Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy davlat amaldorlarini birjadagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Oq uy davlat amaldorlarini birjadagi firibgarlikdan ogohlantirdi

The Wall Street Journal va Reuters xabariga ko‘ra, Oq uy ma’muriyati hukumat xodimlariga o‘z mavqeidan foydalanib birjada stavkalar qo‘yishni taqiqladi. Bunga Donald Trampning muhim siyosiy qarorlari e’lon qilinishidan atigi bir necha daqiqa oldin amalga oshirilgan shubhali moliyaviy operasiyalar sabab bo‘lgan.

Xususan, 23 mart kuni Eron bo‘yicha bayonot berilishidan bir daqiqa oldin noma’lum treyderlar neft bozoriga 500 million dollar tikishgan va narxlar tushishi natijasida katta foyda ko‘rishgan. Shuningdek, Polymarket platformasida ham sulh sanasini aniq topgan shubhali stavkalar kuzatilgan.

Oq uy vakili Devis Inglning ta’kidlashicha, Tramp barcha uchun foydali va kuchli fond bozori tarafdori bo‘lsa-da, Kongress a’zolari va davlat amaldorlarining jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan insayderlik ma’lumotlaridan shaxsiy moliyaviy maqsadlarda foydalanishi taqiqlanishi shart. Hozirda ushbu shubhali moliyaviy harakatlar yuzasidan ekspertlar va nazorat organlarida jiddiy savollar tug‘ilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!