Opta superkompyuteri Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlangach, uning natijalari bo‘yicha prognozni yangiladi.
"Arsenal" chempionlik uchun 28,3% ehtimol bilan turnirning yaqqol favoriti hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" bormoqda - uning imkoniyatlari deyarli ikki baravar past (15,9%), kuchli uchlikni "Manchester Siti" (10%) yakunlamoqda.
ECHLning amaldagi g‘olibi "PSJ" Opta reytingida 6,1% ehtimollik bilan 7-o‘rinda bormoqda.
OPTA versiyasi bo‘yicha ECHL-2025/26 favoritlari:
1. «Arsenal» – 28,3%
2. «Bavariya» – 15,9%
3. «Manchester Siti» – 10%
4. «Barselona» – 8,8%
5. «Liverpul» – 7,4%
6. «Chelsi» – 6,3%
7. «PSJ» – 6,1%
8. «Real» – 3,2%
9. «Nyukasl» – 3%
10. «Inter» – 2,6%
11. «Atletiko» – 2,1%
12-13. «Tottenxem» – 1,5%
12-13. «Sporting» – 1,5%