OpenAI xodimlari kiberxavfsizlik bo‘yicha konferensiyasida ta’kidlashicha, bir holatda neyrotarmoqqa internetga ulanmasdan ochib bo‘lmaydigan Google Drive bulutli xotirasiga havolalari bo‘lgan elektron jadval berilgan.
Boshqa bir holatda esa jamoa topshiriqning bir qismi bo‘lgan faylni shunchaki yuklashni unutib qo‘ygan.
Shundan so‘ng OpenAI modellari test muhitidan chiqish va berilgan topshiriqni hal qilish yo‘lini topish uchun maxfiy chatlarda bir-biri bilan muloqot qilishni boshlagan. Kompaniyada buni sezishmagan. Shuningdek, dastlabki topshiriqni umuman hal qilib bo‘lmasligiga ham e’tibor qaratishmagan.
Oqibatda neyrotarmoqlar internetga kirishga va SI modellarini testdan o‘tkazish platformasi Hugging Face infratuzilmasiga hujum uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan.