Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida istiqomat qiluvchi A.G. ariza bilan murojaat qilib, arizasida telegram messenjeri orqali noma’lum foydalanuvchi unga aloqaga chiqib, onlayn o‘yinlardan doimiy ravishda foydalanib kelganligi uchun yutuqli mablag‘ sovrindori bo‘lganligini, pullarni qabul qilib olish uchun ko‘rsatilgan havolaga o‘tib pullarni olishini aytganligi, so‘ng u bergan havolaga bank karta ma’lumotlarini kiritganligi, keyin esa bank kartasidagi 11.450.000 so‘m pullari noma’lum ravishda yechib olinganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxslar kursdosh talabalar: 1998 y.t., Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi N.N., Navoiy shahrida yashovchi X.X. va Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi S.X. ekanligi aniqlangan.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.