Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Qirg‘izistonni 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani bilan tabrikladi.
Omuraliyevning ushbu munosabat bilan bergan bayonotida ushbu muhim yutuq xalqaro hamjamiyatning Qirg‘izistonning konstruktiv pozisiyasiga, mas’uliyatli diplomatiyasiga va BMT maqsad va tamoyillariga sodiqligiga bo‘lgan ishonchining yaqqol namoyishi ekanligi ta’kidlangan.
"Ishonchim komilki, Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik Kengashi ishiga, shuningdek, xalqaro tinchlik, xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan global sa’y-harakatlarga qimmatli hissa qo‘shadi", deyiladi bayonotda.