«PSJ» vingeri Usmon Dembele faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. U Londonning «Chelsi» klubi bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TopSkills Sports UK portali xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» Dembele bilan xayrlashishga tayyor. Fransiyalik futbolchi o‘z klubi oldiga yangi shartnoma bo‘yicha talablar qo‘ygan. Parijliklar esa Usmonning moliyaviy ishtahasini qondirishga tayyor emaslar.
Avvalroq OAV Dembeleni Londonning boshqa bir klubi — «Arsenal» bilan ham bog‘lagan edi. Biroq «to‘pchilar» tomonidan hozircha rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.