Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Venesuela Milliy assambleyasi amnistiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Venesuela Milliy assambleyasi amnistiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Venesuela Milliy assambleyasi payshanba kuni cheklangan amnistiya haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, amnistiya faqat muayyan namoyishlar va norozilik aksiyalari ishtirokchilariga nisbatan qo‘llanadi.

Avvalroq rasmiylar 1999 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan “butun siyosiy zo‘ravonlik davri”ni qamrab oluvchi keng ko‘lamli amnistiya loyihasini va’da qilgan edi.

Mahalliy mustaqil nashr Efecto Cocuyo aniqlik kiritishicha, qonunning yakuniy tahririda 2002 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan 13 ta namoyishlar, noroziliklar va ish tashlashlar kabi voqealar sanab o‘tilgan.

Qonunga muvofiq, 2002 yildagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishi ishtirokchilari amnistiyadan foydalanishi mumkin. Shuningdek, amnistiya 2016–2021 yillarda faoliyat yuritgan Milliy assambleya davriga ham tatbiq etiladi. O‘sha paytda parlament muxolifat nazoratida bo‘lgan, Nikolas Maduro boshchiligidagi hukumat esa uning faoliyatini to‘xtatgan edi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, qonunda aynan qaysi jinoyatlar amnistiyaga tushishi aniq ko‘rsatib o‘tilmagan. Amnistiya qo‘llanilmaydigan jinoyatlar qatoriga esa “xorijiy davlatlar tomonidan xalq, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qurolli harakatlarga ko‘maklashish” ham kiritilgan.

Kiritildi: Bugun 18:17. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!