⚡️Transport nazorati inspeksiyasi hamda “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari bilan hamkorligida jamoat transporti avtobuslarda yo‘l haqqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
📌Joriy yilning o‘tgan davri davomida inspektorlar tomonidan 18655 ta holatda qoidabuzarlik aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144- moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
🔹Hozirda to‘lov tizimi va inspektorlar faoliyati raqamlashtirilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari alohida yo‘nalishlarda manzilli amalga oshirilmoqda. Fevral oyining o‘zida 7153 nafar yo‘lovchi qoidabuzarligi aniqlanib, ma’muriy choralar qo‘llanildi.