Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQShning savdo defisiti eng yuqori darajaga yetdi

AQShning savdo defisiti eng yuqori darajaga yetdi

Trampning agressiv tarif siyosatiga qaramay, AQShning savdo defisiti eng yuqori darajaga yetdi — The Washington Post.

Nashrning AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mamlakatning 2025 yil yakunlariga ko‘ra tovar savdosidagi defisiti 1,2 trillion dollarga yetgan.

“Xizmatlarni ham hisobga olgan holda, umumiy defisit 901,5 milliard dollar bo‘lgan, bu so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Shu bilan birga, tovar va xizmatlar eksporti 6,2 foizga o‘sib, rekord 3,4 trillion dollarni tashkil qildi, import esa deyarli 5 foizga oshib, oxirgi yuqori ko‘rsatkich 4,3 trillion dollarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Eksportning o‘sishi asosan kompyuterlar, aviasiya texnikasi va sanoat mahsulotlari hisobiga amalga oshdi. Import tarkibida esa kompyuter qismlari, telekommunikasiya uskunalari va avtomobil ehtiyot qismlari ustunlik qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rekord defisit Tramp ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan agressiv savdo siyosati fonida qayd etilgan. Ushbu siyosat doirasida “Amerika birinchi o‘rinda” prinsipi e’lon qilingan va keng ko‘lamli tariflar joriy etilgan edi.

Bundan tashqari, AQSh Oliy sudi prezident tomonidan kiritilgan tariflarning qonuniyligi bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!