Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida jazo muddatini o‘tayotgan diniy olim Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) sog‘lig‘i yomonlashgani sabab Toshkentdagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli “Sangorod” shifoxonasiga etap qilindi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov yaqinlariga tayanib ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Tursunov qandli diabetning og‘ir shakli bilan og‘riydi. Shu bois IIV Jazoni ijro etish departamenti insonparvarlik tamoyillari asosida jazoni yengilroq choraga almashtirish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritishidan umid bildirilmoqda.
Avvalroq advokatlari uning ahvoli og‘irlashganini bildirgan edi. Biroq Ombudsman koloniyaga tashrifidan so‘ng mahkum tibbiy yordamdan shikoyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov Uchtepa tumani sudi hukmi bilan 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.