AQSh Eronga ehtimoliy zarba uchun USS Gerald D. Ford aviatashuvchisi Yaqin Sharqqa yetib borishini kutmoqda — The Washington Post.
Tramp ma’muriyati Yaqin Sharqda harbiy ishtirokni kuchaytirmoqda, jumladan USS Gerald D. Ford aviatashevchisini ham jalb etib, Eronga qarshi ehtimoliy operasiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday amaliyot bo‘yicha qaror yaqin 10–15 kun ichida qabul qilinishi mumkin, shu bilan birga diplomatik imkoniyat ham saqlanib qolmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, AQShning B-2 Spirit strategik bombardimonchilari yuqori harbiy shaylik holatiga keltirilgan. Shuningdek, o‘nlab yoqilg‘i qo‘yish samolyotlari Yaqin Sharqdagi pozisiyalarga ko‘chirilgan.
Axios nashrining yozishicha, AQSh Eron bilan yirik urushga yaqinlashmoqda, harbiy to‘qnashuv ehtimoli 90 foiz. Nashr manbalariga ko‘ra, Eronga qarshi ehtimoliy operasiya AQSh va Isroil ishtirokidagi bir necha haftalik kampaniya shaklida bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda Qo‘shma Shtatlarning 50 dan ortiq qiruvchi samolyoti Yaqin Sharqqa joylashtirildi.
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharq mintaqasida USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhini joylashtirgan edi. Shuningdek, Vashington mintaqada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyalarini joylashtirdi.