Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy tinchlik bitimi evaziga Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishni rad etdi

Zelenskiy tinchlik bitimi evaziga Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishni rad etdi

Ukraina prezidenti Rossiya Donbassning qariyb 20 foizini egallagani, Kiyevning “qayerda turgan bo‘lsak, shu yerda qolamiz” pozisiyasi o‘zgarmasligini ta’kidladi.

"Bu katta murosa. Rossiya bizga murosa sifatida nima taklif qilmoqda? Ular nimaga tayyor? Ular: “Biz sizning boshqa hududlaringizni egallab olmaslikka tayyormiz”, dedi. Lekin bu terrorizm. Ruslar “Men sizni o‘ldirmaslikka tayyorman — bizga butun Donbassni bering”, deyishyapti. Bu nimani anglatadi? Bu murosa emas. Bu ultimatum", — dedi Volodimir Zelenskiy Kyodo agentligiga bergan intervyusida.

Zelenskiy mustaqillik evaziga murosa bo‘lmasligi va ruslarning takroriy ultimatumi qabul qilinmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 19:42. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!