Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Oltin to‘p-2026"ning asosiy da’vogari aniqlandi: Yamal – ikkinchi, Messi – uchinchi

"Oltin to‘p-2026"ning asosiy da’vogari aniqlandi: Yamal – ikkinchi, Messi – uchinchi

Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng nufuzli Goal sayti "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangilab e’lon qildi. Reytingning birinchi pog‘onasida hozircha o‘zgarish yo‘q – Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn hanuz yetakchilik qilmoqda. U mundialda olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasi bilan birga jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi.

Yangilangan ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa Lamin Yamal ko‘tarildi. U 19 yoshidayoq jahon chempioniga aylanib, reytingda katta sakrash qildi. Argentina terma jamoasining finaldagi mag‘lubiyatidan so‘ng Lionel Messi uchinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Qolgan yetakchi o‘nlik quyidagicha shakllandi: Maykl Olise, Kilian Mbappe, Rodri, Usman Dembele, Erling Xoland, Xvicha Kvarasxeliya va Pau Kubarsi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Oltin to‘p" sovrini Usman Dembelega topshirilgan edi.

Kiritildi: 23:45 20.07.2026. O'qildi: 8751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!