Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Oltin to‘p-2026" mukofoti uchun asosiy da’vogarlar ma’lum

"Oltin to‘p-2026" mukofoti uchun asosiy da’vogarlar ma’lum

Score90 nashri "Oltin to‘p–2026" mukofoti uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi va "Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Hujumchining ushbu mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati 26 foiz deb baholangan.

Keyingi o‘rinlarni "Barselona" vingeri Lamin Yamal (18 foiz) hamda "Bavariya" forvardi Xarri Keyn (16 foiz) egallagan. Shuningdek, kuchli beshlikdan Erling Xoland (9 foiz) va Deklan Rays (9 foiz) ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinni o‘tgan mavsum Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. U parijliklar safida Chempionlar ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va Superkubokni yutgan.

Kiritildi: Bugun 11:58. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!